Biz Kloppni chaqirmaganmiz!

  • 18.02.2026 23:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa matbuotida Angliya Premier-ligasining “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi klublari mashhur murabbiy Yurgen Kloppni bosh murabbiylikka taklif etayotganini haqida ma’lumotlar tarqatildi.

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Kloppning agenti Mark Kositske o‘z intervyusida mijoziga hamon takliflar kelayotganiga qaramay, germaniyalik mutaxassis hozircha murabbiylikka qaytishni rejalashtirmayotganini aytgan.

Agentning aytishicha, hatto “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham uning mijoziga bo‘yicha murojaat qilgan ekan.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Yunayted” ham, “Chelsi” ham Yurgen Klopp 2024 yilning may oyida “Liverpul”dan ketganidan beri ikki martadan bosh murabbiyni o‘zgartirdi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, Angliyaning har ikki klubi bu xabarlarga munosabat bildirib, Yurgen Klopp bilan hech qanday aloqa bo‘lmaganini bildirgan.

Qolaversa, Yurgen Klopp mersisaydliklarni tark etgan paytda Angliya Premier-ligasida “Liverpul”dan keyin boshqa jamoalarni boshqarmasligini aniq aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!