Boʻldi, "Barselona"ga qaytmayman!
Boshqa jamoalar ham zo‘r ekan
«Liverpul» safini ijara asosida to‘ldirgan urug‘vaylik markaziy himoyachi Ronald Arauho Angliya klubidagi holatidan mamnun.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining yangi jamoaga moslashuv jarayoni juda yaxshi ketmoqda. Manbalar Arauho «Liverpul»ga to‘liq shartnoma asosida o‘tib qolish variantiga ham ijobiy qarayotganini qayd etmoqda.
Joriy mavsum Angliya premyer-ligasida Ronald Arauho uchta o‘yinda maydonga tushdi va bir bor ogohlantiruv olishga ulgurgi.
27 yoshli himoyachining «qizillar» bilan tuzgan ijara shartnomasi kelasi yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Urug‘vay terma jamoasi a’zosining transfer qiymati taxminan 20 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)