Boʻldi, terma jamoadan ketmayman!
Kloppning nomiyoq oʻyinchiga ta'sir qildi
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqida Bayern&Germany nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Paragvayga mag‘lubiyatdan so‘ng Ryudiger darhol kiyinish xonasida jamoadoshlariga terma jamoadagi o‘yinlarini tugatish niyati borligini aytgan. Biroq Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi vaziyatni o‘zgartirgan.
Endilikda Ryudiger terma jamoada faoliyatni davom ettirishga qiziqishi borligini bildirgan va mashhur mutaxassis boshchiligidagi yangi loyihaning bir qismi bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Germaniya terma jamoasi JCh-2026 musobaqasida o‘z ishtirokini 1/16 finalda yakunladi. Ushbu bosqichda nemislar Paragvayga mag‘lub bo‘ldi (asosiy vaqt – 1:1, penaltilar seriyasi – 3:4).
Yurgen Kloppning bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi klubi «Liverpul» bo‘lgan. Undan so‘ng mutaxassis «Red Bull» tizimida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritdi. Germaniya terma jamoasi bilan tuzilayotgan shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)