Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Boʻldi, Vinisius qaerda oʻynashni hal qildi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu qarorga kelish juda qiyin bo‘ldi

Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan braziliyalik yulduz hujumchi Vinisius Zhunior klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Romano Alvares tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgan. Yangi kelishuv 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Vinisius Zhunior 2018 yil yozidan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu kungacha matbuotda uning bu yozgi transfer oynasidan foydalanib, «Real»ni tark etishi va Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Vinisius Zhunior Ispaniya chempionati doirasida «Real» tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q