Boks. Bugun Jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tadi
Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqa doirasida final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 6 nafar bokschimiz etib kelishgan va ular bugun rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bair Batlaev (Rossiya) 18:15
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) 19:00
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Evgeniy Kool (Rossiya) 19:30
-80 kg: Javohir Ummataliev - Jambulat Bijamov (Rossiya) 20:15
-92 kg: To‘rabek Xabibullaev - Muslim Gajimagomedov (Rossiy) 20:45
+92 kg: Arman Maxanov - David Surov (Rossiya) 21:00
Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Bahslardagi vaqtlar taqdirlash marosimiga qarab o‘zgarib borishi mumkin.
Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)