Boks. O'smirlarimiz “Dracula Open” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun Ruminiyaga jo'nab ketdi
15-22 fevral kunlari Ruminiyaning Braila shahri, an'anaviy tarzda o'tkaziladigan “Dracula Open” xalqaro turniriga mezbonlik qiladi. Bugun tongda terma jamoamiz a'zolari musobaqada ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi.
Tarkibimiz bilan tanishing:
-46 kg. Yahyo Komilov
-48 kg. Xolid Boborahimov
-50 kg. Feruzbek Kobulov
-52 kg. Oybek Alimjonov
-57 kg. Asliddin Usubaliev
-60 kg. Elshod Shokirjonov
-66 kg. Jahongir Usmonqulov
-70 kg. Xadyatulloh Saydullaev
-80 kg. Samandar Umarov
+80 kg. Farhodjon Bahodirov
Murabbiylar: Elnur Abduraymov, Sherzod Parpiev.
Ushbu turnirda Sakhida Yakubova hakam sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar