Boks. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

  • 13.01.2026 18:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bugun Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha o‘smirlar (U-17 qiz bolalar) va yoshlar (qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Umumjamoa hisobida Samarqand viloyati qizlari 4 ta oltin, 3 kumush va 7 ta bronza medallari bilan birinchi bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni Farg‘ona sportchilari va Bahodir Jalolov nomidagi boksgа ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari 4 tadan oltin bilan egalladi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!