Bokschilarimiz yig‘inga kirishdi

  • 16.09.2020 23:09
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pandemiyadan so‘ng, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi vakillari to‘liq o‘quv-mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Bir necha kun oldin, karantin qoidalariga rioya qilingan holda ikki toifadagi terma jamoalarimiz, erkaklar va ayollar to‘liq va sifatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashdi. Mazkur yig‘inni tashkil etish uchun O‘zbekiston boks federatsiyasi sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq amal qilish choralari ko‘rilgan. Yig‘in oldidan bokschilarimiz Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Ayni paytda bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligida charm qo‘lqop ustalarimiz belgilangan reja bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan. Yig‘in Toshkent viloyati Angren shahridagi Yangiobod o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!