
Bo‘ldi, PSJdan ketaman!
“Pari Sen-Jermen” jamoasi yarim himoyachisi Karlos Soler etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois muhit o‘zgartirishga qaror qildi.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yili sentyabrda “Valensiya”dan Parij klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Avvalgi murabbiy Kristof Galte singari yangi ustozi Luis Enrike ham 26 yoshli yarim himoyachi xizmatidan kam foydalanyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ispaniya terma jamoasi a’zosiga o‘z yurtidan va Angliya Premer-ligasi jamoalaridan qiziqsh bor.
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Valensiya” o‘zi tarbiyalagan o‘yinchini ortga qaytarmoqchi. “Barselona” ham Solerga tarkibidan joy berishga tayyor.
Manbalar Soler oldida Angliyaning “Aston Villa” va “Brayton” kabi jamoalarida o‘ynash varianti borligini ta’kidlayapti.
Fikrlar