Bo‘ldi! Ronaldu Evropaga qaytadi

  • 14 may, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar davrida Evropaga qaytishga qaror qildi. 40 yoshli hujumchi o‘zini tarbiyalagan “Sporting” jamoasi bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Tecno

Ronalduning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi kelasi oy oxirida tugaydi. Tomonlar bitimni uzaytirish uchun muzokara olib borayotgan edi. Lekin so‘nggi pallada bu harakatlar to‘xtadi.

BeIN Sports nashrining ma’lum qilishicha, “An-Nasr” portugaliyalik yulduz kelganidan beri sovrinlarni qo‘lga kirita olmayotgani Ronalduning klubni tark etishiga asosiy sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Krishtianu Ronaldu “Sporting”da Viktor Dyokeresh o‘rnini egallaydi va jamoaga Evropa maydonlaridagi xalqaro musobaqalarda yordam berishi talab etiladi. Dyokeresh esa, bir qator grand klublardan taklif olgan va yozda Portugaliyani tark etadi.

Ronaldu 1997-2003 yillar davomida “Sporting” tizimidan etishib chiqqan va professional faoliyatini aynan shu jamoada boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
14/05/2025 10:45
Ураааааааааааа