"Bornmut"ning yosh iste'dodini APLning sakkizta klubi talashmoqda

  • 14.02.2026 21:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" hujumchisi Eli Zhunior Krupi uchun APLning 8 ta jamoasi kurashmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri ma'lum qildi. 

Manba ma'lumotiga ko'ra, 19 yoshli forvardning xizmatlariga ayni vaqtda "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Nyukasl", "Tottenxem" va "Aston Villa" jamoalari qiziqish bildirmoqda.  Krupining "olchalar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. 

Futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda. 

Ma'lumot uchun, fransiyalik hujumchi joriy mavsum ingliz klubi safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 8 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!