"Borussiya" yangi murabbiyini e’lon qildi

  • 30.01.2025 18:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasida "Bolonya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Borussiya" Nuri Shaxinni o‘z lavozimidan ozod qilgandi. Shundan keyin rahbariyat yangi murabbiy izladi. 

Dortmundliklar "Bavariya"ning sobiq ustozi Niko Kovach bilan shartnoma imzoladi. Bitim esa 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Bundan oldin "Volfsburg"ga murabbiylik qilgan xorvatiyalik mutaxassis o‘tgan yil bahoridan beri ishsiz yurgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Kovach faoliyati davomida Xorvatiya terma jamoasi, "Ayntraxt", "Bavariya" va "Monako" klublarini boshqardi. U ikki bora Germaniya kubogi va Bundesligani qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!