Bosh murabbiy ishdan ketdi
Terma jamoaga yangi ustoz kerak
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya o‘z lavozimini tark etmoqda. Bu haqida Qirollik Belgiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
– Belgiya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan maslahatlashgan holda, so‘nggi 18 oy davom etgan samarali hamkorligimizni davom ettirmaslikka qaror qildik. Men Belgiyni Millatlar ligasining A divizionida va dunyodagi eng kuchli sakkizta terma jamoa qatorida qoldirib ketyapman, – deya Garsiyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi federatsiya matbuot xizmati.
Rudi Garsiya 2025 yil 1 fevraldan beri Belgiya milliy jamoasiga boshchilik qilib kelyotgan edi. Undan oldin bu lavozimda Moskva “Spartak” klubining sobiq murabbiyi Domeniko Tedesko ishlagan. Garsiya qo‘l ostida belgiyaliklar Millatlar ligasining A guruhiga ko‘tarildi va 2026 yildgi jahon chempionatida chorak finalgacha yetdi.
Fransiyalik mutaxassis shuningdek “Napoli” (Italiya), “An-Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Lyon” va “Marsel” (Fransiya) klublarida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yil fevral oyida Rudi Garsiya 62 yoshni qarshiladi.

Izohlar (0)