Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bosh murabbiy yangi sardor tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga katta vakolatlar yuklatildi

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Tottenxem” jamoa etakchisi va sardori Xyon Min Son bilan xayrlashganidan keyin sardorlik bog‘ichini boshqa futbolchiga topshirdi.

“Shporlar” bosh murabbiyi Tomas Frank sardorlik mas’uliyati jamoa himoyachisi Kristian Romeroga topshirilishini rasman ma’lum qildi.

- Romero bilan suhbatimiz juda yaxshi o‘tdi. U yangi sardorimiz bo‘ladi. Kristian jamoamizni nafaqat UEFA Superkubogi uchrashuvida, balki mavsumdagi barcha o‘yinlarga sardor sifatida boshlab tushadi. Buning uchun Romeroda barcha sifatlar etarli, - dedi Tomas Frank.

Kristian Romero “Tottenxem”dan 2022 yilning avgustidan beri to‘p tepadi. Argentinalik himoyachi jamoa uchun hozirgacha 124 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu bahslarda himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q