Bo‘shashma, beshta superklubdan birini tanla!
Angliya Premer-ligasida ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelayotgan “Kristal Pelas” jamoasi sardori Mark Gexi Evropaning grand klublarida to‘p tepa oladigan darajaga etdi.
25 yoshli markaziy himoyachining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Gexi klub rahbariyatining yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.
Yanvardi qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Mark Gexi istalgan klub bilan rasmiy muzokara o‘tkazishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, Gexiga quyidagi klublar qiziqish bildirgan:
“Liverpul”;
“Chelsi”;
“Bavariya”;
“Real Madrid”;
“Inter Milan”.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi. Gexi “Kristal Pelas” safida 180 ga yaqin o‘yin o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 9 ta gol va 6 ta assist qayd etgan.
Fikrlar