Braziliya Anchelotti faoliyatidan norozi
Anchelotti qoʻli ostida mutlaqo yangicha narsani koʻra olmadik
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Lusiano milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini qoniqarsiz, deb baholadi.
Hozirda ESPN Brazil telekanali sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Fabio Lusiano Braziliya terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionatidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
- Bu natijani men uchun hafsalani pir qiladigan, deb ayta olaman. Juda yomon, deb baholamayman – jarayonga hurmat sifatida. Anchelotti jamoani bor-yo‘g‘i bir yildan buyon boshqaryapti. Uning qo‘lidagi sharoitlar, tajribasi va yutuqlarini ham inobatga olish kerak. Lekin mening fikrimcha, terma jamoa ancha yaxshiroq o‘ynashga, maydonda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga va jamoaviy g‘oyani aniqroq namoyon etishga qodir edi.
U klub darajasida ulkan yutuqlarga erishgan, katta nomga ega mutaxassis. Ammo hozircha Braziliya terma jamoasida uning qo‘li ostida mutlaqo yangicha narsani ko‘ra olmadik, – dedi Fabio Lusiano.

Izohlar (0)