Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Braziliya termasi debutantiga darrov superklubdan ish chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni Angliyada kutishyapti

«Korintians» jamoasida markaziy yarimhimoyachi sifatida to‘p surib kelayotgan Breno Bidon, Braziliya terma jamoasida debut qilgach, Evropaning ikki yetakchi klubi diqqat markaziga tushdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli yarimhimoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» va Turinning «Yuventus» klublari qiziqish bildirmoqda. 

Transfermarkt portali mutaxassislari Bidonning bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda. Futbolchining «Korintians» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Braziliya chempionati doirasida Breno 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi, bir golli uzatma amalga oshirdi va to‘rt bor sariq kartochkaga sazovor bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q