Brunu Fernandesh APLda eng zo‘ri

  • 03.12.2025 19:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

"Qizil iblislar" 13-turda "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda Ruben Amorim shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda jamoa lideri Brunu Fernandesh ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi tur yakunlariga ko‘ra o‘tgan haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" 13-turdan so‘ng 21 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!