Brunu Fernandes bir qarorga keldi
"Manchester Yunayted" yetakchisi qishda jamoadan ketmaydi.
Portugaliya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoasini almashtirmoqchi emas. Mish-mishlarga ko‘ra, xavbekning tez orada jamoadan ketmoqchi ekani haqida gaplar tarqalmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq portugaliyalik futbolchi qishda "qizil iblislar"dan ketish haqida o‘ylamayapti. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Fernandeshning narxi 40 million yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, Brunu joriy mavsumda 20ta uchrashuvda ishtirok etib, 5ta gol urdi va 9ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar