Bu darvozabon “devor” ekan!
2026 yildagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Ispaniya terma jamoasi himoya mustahkamligi va darvozabon ishonchliligi bo‘yicha yorqin natija qayd etdi.
Ispanlar mundial davomida maksimal sakkizta uchrashuvni o‘tkazib, bu bahslarda atigi bir marotaba o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi.
Ularning darvozasini faqat Belgiya futbolchisi Sharl de Ketelare chorak finalda ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Qolgan raqiblar – Saudiya Arabistoni, Urugvay, Avstriya, Portugaliya, Fransiya va Argentina Ispaniya himoyasini yora olmadi. Bu raqib orasida Krishtianu Ronald, Kilian Mbappe va Lionel Messi kabi jahon darajasidagi to‘purarlar borligi ham Unay Simonga hech qanday muammo tug‘dirmadi.
Bungacha hech bir jahon chempioni turnirni atigi bitta o‘tkazib yuborilgan gol bilan yakunlamagan.

Fikrlar