Asosiy mazmunga oʻtish

Bu evrokuboklarda eng yirik g'alaba bo'ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu jamoa tarixga kirdi

Angliyaning «Aston Villa» jamoasi turkiyalik «Fenerbahçe» ustidan qozongan yirik g'alabasi bask mutaxassisi Unay Emeri shogirdlari uchun bir necha jihatdan tarixiy natija bo'ldi.

Eng avvalo, bu klubning xalqaro musobaqalardagi eng yirik hisobdagi g'alabasi sifatida qayd etildi. «Aston Villa» tarixida Yevropa maydonidagi katta yutuqlar yetarlicha – masalan, 1982 yilda Qit’a chempionlar kubogini qo’lga kiritganini eslashning o’zi kifoya.

Shu bilan birga, «villanlar» ilgari hech qachon evrokubok bahslarida bir o’yinda bunchalik ko’p – olti ta gol urmagan edi.

Endi esa navbatdagi turda ular Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuv bir haftadan so’ng bo’lib o’tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q