Bu forward bizga ham kerak emas!
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau bu yozda “Milan”ni tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning agentlari futbolchiga yangi jamoa topish ilinjiда xizmatlarini turli klublarga taklif qilyapti.
Marko Varini ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining xizmatlari “Pari Sen-Jermen”ga ham taklif qilingan.
Biroq parijlik klub hujumchini sotib olishdan voz kechgan.
Faqat “Barselona” va Angliya Premier-ligasining bir nechta qiziqish bildirgan jamoalari futbolchi uchun taklif bilan chiqishga tayyor.
Rafael Leau 2019 yilda “Lill”dan “Milan”ga 49 million yevroga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi “Milan” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Leauning qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar