Bu futbolchi terma jamoada umuman o‘ynamasin!
Muxlislar futbolchiga qarshi bo‘lib qoldi
2026 yildagi jahon chempionatida Paragvayga qarshi o‘yin paytida Turkiya terma jamoasi hujumchisi Kerem Aktyurko‘g‘luning harakatlari muxlislar orasida katta norozilikka sabab bo‘ldi.
Vaziyat shunchalik keskinlashdiki, Turkiyada «Fenerbahche» forvardini endilikda umuman milliy jamoaga chaqirmaslik talablariyangramoqda.
20 iyun kuni Turkiya terma jamoasi musobaqadagi ikkinchi mag‘lubiyatini qayd etdi — Paragvayga 0:1 hisobida yutqazdi. Bundan oldin Vinsentso Montella shogirdlari Avstraliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shu tariqa turklar pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini to‘liq yo‘qotdi.
Paragvayga qarshi uchrashuvning ilk bo‘limida Aktyurko‘g‘lu maydonda deyarli ko‘rinmadi. Montella uni zahiraga oldi va o‘rniga Barysh Yilmazni tushirdi. Kerem maydonni tark etayotganda jamoadoshini qarshilamadi, zahira o‘rindig‘ida qolishdan bosh tortdi. Shuningdek, Santa-Klara shahridagi stadionda o‘tirgan bir necha turk muxlislarini haqorat qilgani ham xabar qilinmoqda.
Endilikda turkiyalik futbol ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda Aktyurko‘gluni qattiq tanqid qilmoqda. Izohlarda «Aktyurko‘glu – Turkiya termasidan ketsin!» kabi chaqiriqlar ko‘paygan.
26 iyun kuni Turkiya terma jamoasi musobaqadagi so‘nggi o‘yinini AQShga qarshi o‘tkazadi. AQSh terma jamoasi oldindanoq D guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Izohlar (0)