Bizning futbolchimiz bajargan ish Xolandning qo‘lidan kelmaydi!
Kim zo‘r?
“Liverpul” jamoasining sobiq futbolchisi Jon Barns hozirgi tarkibdagi hujumchi Darvin Nunesning imkoniyatlarini APL to‘purari Erling Xoland bilan solishtirdi.
- Darvin bir mavsumda 40 ta gol urmasdan ham jamoamizga chempionlik sovrini olib bera oladi. Aslida uni hech kimga qiyoslab bo‘lmaydi.
Nunes qilgan ish hatto Xolandning ham qo‘lidan kelmaydi. Siz Darvin maydonda qanday og‘ir ishlarni bajarayotganini, raqibni muntazam pressingda ushlab turishini ko‘ring. Xoland bunday qila olmaydi, Erling faqat ko‘p gol uradi xolos, - dedi Jon Barns.
“Liverpul” 25 yoshli urugvaylik hujumchini ikki yil muqaddam 85 million evro evaziga “Benfika”dan transfer qilgan edi. Nunes avval o‘z yurtida “Penyarol” va Ispaniyada “Almeriya” klublarida ham o‘ynagan.
Klublar miqyosida turli ligalarda jami 235 ta uchrashuvda qatnashgan hujumchi o‘z hisobiga 101 ta gol va 37 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Izohlar (0)