Bu jamoa 1000-golini urdi
Tarixiy natija
Germaniya chempionati 2024 yilgi mavsumining yettinchi turida «Xoffenxaym» o‘z maydonida Leverkuzenning «Bayer» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvdagi hisob o‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganda ochildi – penaltini aniq amalga oshirgan Andrey Kramarich jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kramarich urgan ushbu gol «Xoffenxaym» uchun Germaniya chempionatlari tarixidagi yubiley, ya’ni minginchi gol bo‘ldi. Shundan so‘ng maydon egalari yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, «aptekachilar»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.
Keyingi, sakkizinchi turda «Xoffenxaym» safarda Bremenning «Verder» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv oktyabr oyining so‘nggi kuniga belgilangan.

Izohlar (0)