
Bu jang boshqacha bo‘ladi !!!
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Brayan Ortega "UFC 306" dagi raqibi Diego Lopesga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
“Bir narsani aniq bilaman, bizning jangimizda kimdir nokautga uchraydi. Barcha UFC muxlislari uslubimni biladi. Men janglarimda doim yo raqibimni nokaut qilaman yoki o‘zim shu holga tushaman. Bu safar o‘zimga o‘xshagan yigit menga raqiblik qiladi. Biz texnik jihatdan boshqacha bo‘lishimiz mumkin, ammo xarakterimiz chekinishga yo‘l qo‘ymaydi va biz oktagon markazida kurashamiz. Shunday ekan, muxlislar bizning jangimizni tomosha qilishdan rohat olishlariga ishonaman", - deya Ortega so‘zlarini keltirdi Blowyelbow.
Fikrlar