Bu Mbappe uchun sharmandalik

  • 30.10.2023 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining o‘ninchi turida “Brest” futbolchilari keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda PSJga 2:3 hisobida yutqazdi.

O‘yinda dubl qaydgan Kilian Mbappe g‘alaba to‘pini kiritganidan keyin o‘zini qanday tutgani “Brest” bosh murabbiyi Erik Rua tomonidan tanqid ostiga olindi.

- Mbappening reaktsiyasini ko‘rib, hayratga tushdim va bu menga kulgili ko‘rindi. Sen ikkita gl urding, jamoangga g‘alaba keltiryapsan va bu holatda kulgili ishlar qilish yarashmaydi.

Kilian darajasidagi yulduz bunaqa ishlardan yuqori turishi kerak. Bugungi kunda stadionlar yaxshi himoyalangan, o‘yinchilarning xavfsizligi maksimal darajada himoyalangan, agar yigirma yil avval kimdir shunday qiliq qilganida fanatlarni va vaziyatni nazorat qilib bo‘lmas edi.

Jamoalarning mashhur o‘yinchilari muxlislarga nisbatan bunday qilmasliklari to‘g‘risida ularni ogohlantirish kerak. Chunki bunaqasi ko‘p uchrayapti. Bu sharmandalik va o‘yinchining imidjiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, - dedi Erik Rua.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!