
Bu Messida abadiy qoladi
Sakkiz karra oltin to‘p sohibi, jahon chempioni Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan keyin unga tegishli bo‘lgan 10-raqam iste’moldan chiqariladi.
Buni Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya tasdiqladi. Unga ko‘ra, 10-raqam abadiy Messining o‘zida qoladi.
- Messi terma jamoadan ketganidan keyin uning 10-raqami hech kimga berilmaydi. Bu raqam Leoning sharafiga unga beriladi, - dedi Klaudio Tapiya.
36 yoshli Lionel Messi 2005 yildan beri Argentina terma jamoasi sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Hozirga qadar Messi jami 180 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 106 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 56 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar