Bu Ronaldudan boshqasining qo‘lidan kelmaydi

  • 10 sentabr, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatining Evropa qit’asi uchun tashkil qilingan saralash turnirida Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida yana o‘zining rekordini yangiladi.

Tecno

Vengriya terma jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan portugaliyaliklar Ronaldu gol urgan har bir bahsda  yangi rekord guvohiga aylanmoqda.

Ronaldu Venriya terma jamoasi darvozasiga penaltidan to‘p kiritdi. Bu 40 yoshli hujumchi uchun xalqaro miqyosdagi 141-gol bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich mutlaq rekord.

Bundan tashqari, Ronaldu professional faoliyati davomidagi rasmiy uchrashuvlarda 943-to‘pini kiritdi. Bu ko‘rsatkichni hozirgacha hech kim qayd eta olmagan.

Portugaliyalik shu gollardan 802 tasini klublar miqyosida, qolgan 141 tasini milliy terma jamoada kiritgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Krishtianu rasmiy o‘yinlardagi gollari sonini 1000 taga etkazish harakat qilyapti. Jahon futbolida mingta gol urgan birorta futbolchi yo‘q  va Ronaldu bu borada birinchi bo‘lib, nomini tarixga muhrlashi mumkin.

Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini 2003 yilda 18 yoshida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida boshlagan. Birinchi golini 2004 yilgi Evropa chempionatida bo‘lajak chempion Gretsiya darvozasiga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!