Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bu to‘purar Xolanddan zo‘r!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gol urishga kim usta?

“Liverpul”da o‘ynagan Daniel Starrijdan ikki hujumchi – “Manchester Siti” vakili Erling Xoland va “Bavariya”da ko‘p gol urayotgan Harri Keynni o‘zaro taqqoslashni so‘rashdi.

- Harri – eng etuk futbolchi. Bu mavzu bo‘yicha bahslashishga hojat yo‘q. Shubhasiz, Xoland maydonda raqiblarni dahshatga soladi.  Men bu masalani bir necha sobiq jamoadoshlarimdan so‘radim.  

O‘ylashimcha, himoyachilarning Xoland qarshisidagi qo‘rquvi sal boshqacha. Lekin ularga Keynga qarshi o‘ynaganida uning naqadar ko‘p qirrali o‘yinchi ekanini yaxshi bilishadi. Uning saviyasi yuqoriroq.

Hozir Erlingni hujumchi yakunlashda Harridan ustun, deb bilmayman. Keyn baribir eng zo‘r to‘purar va Xolanddan ancha oldinda, - dedi Starrij.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q