Bu yulduz “Barsa”da boshqa o‘ynamaydi!

  • 09.12.2025 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning etakchi nashri COPE jurnalisti va insayderi Xuanma Kastano urugvaylik markaziy himoyachi Ronald Arauxo bundan buyon “Barselona” safida o‘ynamasligi mumkinligini aytib o‘tdi.

- Arauxoning muammolari ko‘rinayotganidan ham jiddiyroq. U “Barselona” uchun boshqa o‘ynamasligi mumkin, - dedi Xuanma Kastano.

Ma’lum qilinishicha, urugvaylik futbolchi bir necha vaqtdan beri psixologik muammolar bilan kurashmoqda va hozirgi holatida “Barselona” talab qiladigan darajada raqobatlasha olmasligiga iqror bo‘lgan.

Ilgari xabardor qilinganidek, Arauxo Chempionlar Ligasida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda 44-daqiqada qizil kartochka olgani va jamoa 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin emotsional holati keskin yomonlashgani uchun klubdan o‘zini tiklab olish maqsadida  cheksiz vaqt so‘ragan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, agar Arauxo emotsional muammolarini hal qilolmasa, “Barselona” qishki transfer oynasida boshqa himoyachi olishi mumkin.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!