Bu yulduz hech kimga kerakmas!

  • 10 avgust, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan beri braziliyalik tayanch yarim himoyachi Kazemirodan qutilishga harakat qilmoqda.

32 yoshli futbolchi manchesterliklarning eng omadsiz xaridlaridan hisoblanadi. “Yunayted” ikki yil muqaddam Kazemironi “Real”dan 70 million evrodan qimmatroq narxga olib kelgandi.

Klubga qimmatga tushgan va katta maosh oladigan yulduzning o‘yin sifati, jisomniy holati ingliz futboliga mos tushmayapti.

The United Stand nashrining yozishicha, klub mutasaddilari Kazemironing o‘rniga o‘yinchi qidirishda davom etmoqda. Biroq braziliyalik yarim himoyachiga birorta talabgor chiqqani yo‘q.

Yozning boshida Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bo‘lgandi, lekin ish aniq taklif va muzokaralargacha etib bormadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!