Buffon "Yuventus" zo‘r yangi darvozabon tanlab berdi
«Yuventus» afsonasi Janluidji Buffon turinliklar darvozasini kim qo‘riqlashini istashi haqida fikr bildirdi.
Sobiq mashhur darvozabon so‘nggi paytlarda «Yuventus» bilan ko‘p bora tilga olinayotgan Gulyelmo Vikariyo nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Hozirda 29 yoshli darvozabon Angliya chempionatida «Tottenxem» sharafini himoya qilmoqda.
«Vikariyo uch-to‘rt yildan buyon Italiya terma jamoasiga chaqirib kelinadi, u «Tottenxem» bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. Menimcha, u «Yuventus» kabi ulkan klubda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega», – deya Buffonning so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira keltiradi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gulyelmo Vikariyoning transfer bahosi 18 million yevro atrofida. Darvozabonning «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar