Bugun 3 nafar bokschimiz chorak final janglarini o‘tkazdi

  • 08.11.2025 23:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Bugun 3 nafar bokschimiz yarim final uchun ringga ko‘tarildi.

-65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, vakilimiz Abdulloh Madaminov nigeriyalik Rahem Opeemi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi;

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Madiyar Daniyarov ham yarim finalda. Bokschimiz -60 kg vaznda liviyalik Muayid Okashahni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

-70 kg vaznda bokschimiz Samandar Habibullaev ozarbayjonlik Sarxan Alievdan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!