Bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari start oldi.
Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari start oldi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 2 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi. Ulardan Sabina Boboqulova g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-51 kg: Sabina Boboqulova - Kelsey Oakley (Angliya) 4:1
-60 kg: Sitora Turdibekova - Gizem Ozer (Turkiya) 1:4
Bugun 3 nafar hamyurtimiz kun davomida saralash jangini o‘tkazadi. Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Feruza Kazakova - Anel Sakish (Qozog‘iston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Shi-Yi Vu (Xitoy Taypeyi)
-75 kg: Aziza Zokirova - Oliviya Toborek (Polsha)

Izohlar (0)