Bugun Abduqodir Husanov uchun muhim kun

  • 14.02.2026 13:02
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Bugun Angliya kubogining 4-bosqich oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

Kecha Angliya kubogining 4-bosqich oʻyinlariga start berilgan edi. Bugun ushbu bosqichning navbatdagi oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepadigan "Manchester Siti" jamoasi oʻz maydonida 2-Liga vakili "Salford Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahsda ham Husanov katta ehtimol bilan oʻyinni asosiy tarkibda boshlaydi. "Shaharliklar" bundan oldingi bosqichda "Ekster" jamoasi darvozasini naqd 10 marta ishgʻol etgandi. Bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!