Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bugun ikki bokschimiz Rossiyada ringa ko‘tariladi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ekaterinburg shahri professional boks kechasiga mezbonlik qilmoqda.

 Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida "RCC Boxing" tomonidan professional boks oqshomi tashkil etilmoqda.

Ahamiyatli jihati, mazkur kechada  ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, Yarimog‘ir vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Artur Ziyatdinov (15-2,12 KO) rossiyalik Denis Savitskiy (9-0-1,6 KO) bilan to‘qnash keladi. Ushbu qarama-qarshilik kechaning markaziy jangi hisoblanadi.  Shuningdek, super engil (63,5 kg) vazn toifasida  Jahongir Rasulov (7-0,7 KO) yana bir mezbonlar vakili Gor Xachataryanga (5-0,4 KO) qarshi 8-raundlik jangda ringga ko‘tariladi.  

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Janglarni YouTube platformasidagi RCC Boxing kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q