Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bugun Ispaniyada barcha bokschilarimiz jang qiladi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xalqaro turnir davom etmoqda.

Ispaniyada davom etayotgan «Boxam» xalqaro turniri doirasidan bugun, barcha bokschilarimiz keyingi bosqich masalasini hal etish uchun ringga chiqishadi. Bugungi bellashuvlar orasidan ikki vakilimiz o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan.

Unda -80 kg vaznda To‘rabek Habibullaev - Jasurbek Yo‘ldoshev bilan bahs olib boradi. Vakillarimiz ishtirokidagi bugunga belgilangan janglar va ularning raqiblari bilan tanishing:

-63,5 kg Mujibillo Tursunov - Pidnuch Khunatip (Tailand)

-63,5 kg Ruslan Abdullaev - Hale Jon Paul (Irlandiya)

-71 kg Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Marco Verde (Meksika)

-71 kg Havasbek Asadullaev - Akbar Harris (Angliya)

-80 kg Jasurbek Yo‘ldoshev - To‘rabek Habibullaev

-92 kg Lazizbek Mullojonov - Villiams Levis (Angliya)

-92 kg Shohjahon Abdullaev - Rodrigues Antonio (Portugaliya)

Bahslarni Toshkent vaqti bilan 19:00 dan boshlab ko‘zatib borishingiz mumkin. 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q