Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bugun “Jenoa” o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Autsayderlar to‘qnashuvi

Bugun Italiya A Seriyasi 8-turidan o‘rin olgan “Udineze” – “Jenoa” bahsi bo‘lib o‘tadi.

Genuyaliklar ustozi Rolando Maran safardagi uchrashuvga 23 futbolchini jalb qildi. Ular orasida yaqindagina jarohatini davolab, safga qaytgan Eldor Shomurodov ham bor. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

“Jenoa” A Seriyada 7 o‘yinda 5 ochko ishladi. Uning bugungi raqibi esa, 7 turda 4 ochko jamg‘argan.

Mazkur bellashuvda hujumchimiz Eldor Shomurodovning maydonga tushishi kutilmoqda. Chunki tezroq jamoa uslubiga moslashib ketishi uchun o‘yinlarda unga imkoniyat berilishi taxmin qilinyapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q