Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bugun "Jenoa" o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?

Bekzod Isayev
Izohlar: 1

O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi

Bugun Italiya chempionati 19-turning oxirgi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ular qatorida "Jenoa" - "Kalyari" bahsi ham o‘rin olgan.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Genuyaliklar safida harakat qiladigan Eldor Shomurodov uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olgan.

"Jenoa"ning yangi ustozi Davide Ballardini hamyurtimizga ishonch bildirmoqda va uni asosiy tarkibda maydonga tushiryapti. Bugun ham shunday bo‘lish ehtimoli yuqori. Shuning uchun o‘zbekistonlik muxlislar mazkur o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q