Bugun O‘zbekiston Osiyo kubogida ilk bahsini o‘tkazadi

  • 28.01.2026 08:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Indoneziya poytahti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. Bugun "C" guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

Futzalchilarimiz dastlabki tur doirasida Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Nodir Nodir Eliboev boshchiligidagi jamoa "C" guruhida, shuningdek, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalariga qarshi keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!