Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bugun Shomurodov o‘ynaydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi

Bugun Italiya A Seriyasining 26-turida "Spetsiya" klubi o‘z uyida "Inter"ni qabul qiladi.

"Spetsiya"ning bosh murabbiyi Leonardo Semplichi legionerimiz Eldor Shomurodovni jamoaning qaydnomasiga kiritdi.

Eldor mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Hozirgacha u spetsiyaliklar tarkibida 5 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi. 

Ayni paytda "Spetsiya" Italiya chempionatida  21 ochko bilan turnir jadvalida 17-pog‘onani band etib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q