Bugun Shomurodov uchun muhim kun!
Bugun A Seriya 21-turi doirasida "Spetsiya" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qiladi.
Yaqindagina spetsiyaliklar safiga qo‘chib o‘tgan legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda debyut qilishi mumkin. U neapolliklarga qarshi o‘yin uchun qaydnomadan joy olgan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "Napoli" 53 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 18 ochkosi bor "Spetsiya" esa 17-pog‘onani band etgan.
Ma’lumot uchun, bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30'da start oladi.
Fikrlar