Bugun Slovakiyada Jahon chempionati start oladi

Jahonning eng kuchli 16 terma jamoasi sakkiztadan ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi va guruhlarda dastlabki to‘rt o‘rinni egallagan jamoalar esa pley-off bosqichiga yo‘l olishadi. Guruh bahslarida eng yomon natijani qayd etgan ikki terma IA Divizioniga yo‘l oladi va ularning o‘rnini Belarus hamda Qozog‘iston terma jamoalari egallagaydi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 10-21 may kunlari bo‘lib o‘tadi. 23 may kuni chorak final bahslari start olsa, 25 may sanasida yarim final, ertasiga esa final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Juma, 10 may

"A" guruhi. 19:15. Finlyandiya – Kanada
"V" guruhi. 19:15. Rossiya – Norvegiya
"A" guruhi. 23:15. AQSh – Slovakiya
"V" guruhi. 23:15. Chexiya – Shvetsiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!