Bugun tarixiy Jahon chempionati start oladi!
Muhammadqodir Ruzmatov
Turnirning ilk o‘yini mezbon davlatlardan biri Meksika terma jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan 2026 yildgi Jahon chempionati bugun start oladi.
Turnirning ilk o‘yini mezbon davlatlardan biri — Meksika terma jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ular Mexikodagi “Estadio Atsteka” stadionida Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oldi.
Ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimizning ilk uchrashuvi 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start olishi rejalashtirilgan.



Izohlar (0)