Bugun Toshkentda katta professional boks oqshomi!
Qiziqarli to‘qnashuvlar guvohiga aylanamiz.
Bugun, 10 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasabalar uyushmasi, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda Lift promousheni hamkorligidagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.
"Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan ushbu kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Jamshid Karimov ringga ko‘tariladi. 10 raundlik qilib belgilangan ushbu jangda Karimovga yana bir yurtdoshimiz Zohidjon Hudoyberdiev raqib bo‘ladi.
Va yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu kechada faqat o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tariladi.
Quyida, markaziy jangdan boshqa barcha juftliklari e’tiboringizga havola etamiz.
-58,97 kg (4 raund, 2 daqiqadan)
Madinabonu Sunnatova (Jizzax, debyut)- Mahliyo Habibullaeva (Jizzax, debyut);
-55, 225 kg (4 raund)
Mirzabek Mirzaxalilov (Farg‘ona, debyut) - Nurbek Kobilov (Buxoro, debyut) ;
-58,97 kg (4 raund)
Jamshid Avazov (Toshkent, 1-0-0) - Ruslan Atamuradov (Qoraqalpog‘iston, debyut) ;
58,97 kg (4 raund)
Timur Kushakov (Toshkent, 3-0-0) - Azat Xojamuradov (Qoraqalpog‘iston, debyut);
- 63,5 kg (4 raund)
Raxmatillojon Sharifov (Buxoro, 1-1-0) - Jamshidbek Siddiqov (Farg‘ona 1-0-0)
- 66, 67 kg (4 raund)
Abbosxon Yuldashev (Farg‘ona, 1-2-0) -Doston Pardaev (Qashqadaryo, 0-2);
- 90,89 kg (4 raund)
Ahmad Mamajanov (Namangan, 3-3-0) - Abbosxon Mirzaabdullaev (Farg‘ona, 1-1-0);
-90,89 kg ( 4 raund)
Jengeldi Minbaev (Toshkent viloyati, debyut) - Eldor Merjanov (Toshkent, debyut);
-69,8 kg (10 raund)
Jamshid Karimov (Samarqand, 10-0-0) - Zohidjon Hudoyberdiev (Andijon, 17-4-0)

Izohlar (0)