
Bunaqa omadsizlik bo‘lmaydi!
"Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi yakunlangan mavsumni sovrinlarsiz yakunlamoqda.
Murabbiy joriy mavsumda avvalida Milanning "Inter" klubi bilan Italiya A Seriyasini "Napoli"ga, Italiya kubogini "Bolonya"ga, Superkubokni esa "Milan"ga boy berdi. Evropa Chempionlar ligasi finaliga etib bordi. Biroq yakuniy baxsda PSJ ga yirik 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Finaldagi omadsizlik sabab Indzagi Italiya klubini tark etishni istadi va Saudiya Arabistonining grand klubi "Al Hilol" bilan shartnoma imzoladi.
Riyodliklar klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashishlari aniq edi. Bu esa mutaxassis uchun mavsumni titul bilan yakunlash uchun oxirgi imkoniyat bo‘lardi. Biroq uning jamoasi musobaqani yaxshi boshlagan bo‘lsa ham, chorak finalda Braziliyaning "Fluminense" klubiga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lin turnir bilan hayrlashdi.
Indzagining "Inter"i Chempionlar ligasi yarim finaliga etib kelgan vaqtda mutaxassislar tomonidan klubning ushbu mavsumda trebl qayd etishi taxmin qilinyotgan edi. Biroq buning aksi bo‘ldi va yakunda mavsum u uchun eng omadsizlaridan biri bo‘lib yakunlandi.
Ulug‘bek Hoshimov
Fikrlar