Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bundesligada peshqadam o‘zgardi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Keyingi turgacha taxt ular niki

Germaniya Bundesligasining 2026/2027 yilgiy mavsumi 4-turidan o‘rin olgan «Shtutgart» va Dortmundning «Borussiya» klubi o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoalar Shtutgartdagi «MXP-Arena» stadionida bahs olib bordi. Uchrashuvni gamburglik bosh hakam Tobias Shtiler boshqardi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida dortmundliklar hujumchisi Maksimilian Bayer yarim himoyachi Job Bellingemning golli uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.

To‘rtta uchrashuvdan so‘ng «Borussiya» maksimal 12 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalab turibdi. 10 ochko bilan «Bavariya» va «Frayburg» undan keyingi o‘rinlarda bormoqda. Dortmundliklar 9 oktyabr, juma kuni boshlanadigan navbatdagi turga qadar birinchi o‘rinni aniq saqlab qoladi.

«Shtutgart» esa uch ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q