Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Buskets "Barsa"ga murabbiy bo‘ladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu ham bir imkoniyat

«Barselona» sobiq yarim himoyachisi Serxio Buskets klubning ikkinchi jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin. Sport.es nashrining yozishicha, u jamoaga bosh murabbiy Juliano Belletti yordamchisi sifatida taklif etilmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Busketsni ishga jalb etish g‘oyasiga ijobiy qaraydi. E’tiborli, u hali murabbiylik litsenziyasiga ega emas. Shunga qaramasdan, klub rahbariyati uning tajribasi va «Barselona» uslubini yaxshi bilishini muhim omil sifatida ko‘rmoqda. O‘tgan mavsumda «Barselona B» Ispaniyaning to‘rtinchi pog‘onadagi divizionida oltinchi o‘rinni egallagan edi.

Serxio Buskets «Barselona» tarkibida 15 mavsum harakat qilib, sine-granatavorlar bilan klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biriga aylandi. Keyinchalik u «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolab, shu yerda professional karerasini yakunladi. Klub darajasida Buskets jami 840 o‘yin o‘tkazgan, 19 gol urgan va 62 golli pas bergan.

U klublar bilan birgalikda 35ta sovrin qo‘lga kiritgan: La Ligada to‘qqiz marta, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida yetti martatan g‘olib chiqqan. Shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Jahon klublar chempionatida uch martatan zafar quchgan. Bir martadan MLSning muntazam chempionati, Shimoliy Amerika ligasi Kubogi va MLS Kubogida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Ispaniya terma jamoasi safida Buskets 143 o‘yin o‘tkazgan (2 gol va 9 golli pas) hamda terma bilan birga 2010 yildgi Jahon chempionati va 2012 yildgi Yevropa chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q