"Buxoro"ni kimlar tark etdi?
Pro ligadan Superligaga qaytgan “Buxoro” klubi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.
Shu bilan birga o‘tgan yilgi tarkibdan bir nechta futbolchi jamoani tark etgani xususida ma’lumotlar bor.
Jumladan, Daniel Nasriddinov, Suhrob Berdiev, Elyor Orifov, Yaroslav Makushinskiy, Behruz Shodmonov, Amirxussayn Rivandi va Akmal Tursunboev “Buxoro”ni tark etishgan.
Bundan tashqari, bizdagi ma’lumotga ko‘ra, klubni tark etadigan yana boshqa futbolchilar ham bo‘lishi mumkin.



Fikrlar